وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «سِتَّةَ أَيَّامٍ اعْقِلْ يَا أَبَا ذَرٍّ مَا يُقَالُ لَكَ بَعْدُ» فَلَمَّا كَانَ الْيَوْمُ السَّابِعُ قَالَ: «أُوصِيكَ بِتَقْوَى اللَّهِ فِي سِرِّ أَمْرِكَ وَعَلَانِيَتِهِ وَإِذَا أَسَأْتَ فَأَحْسِنْ وَلَا تَسْأَلَنَّ أَحَدًا شَيْئًا وَإِنْ سَقَطَ سَوْطُكَ وَلَا تَقْبِضْ أَمَانَةً وَلَا تَقْضِ بَيْنَ اثْنَيْنِ»
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ olti kun davomida: «Ey Abu Zarr, keyin senga aytiladigan narsani yaxshi anglab ol», dedilar. Yettinchi kun boʻlganda esa: «Senga oshkora va yashirin holingda Allohdan qoʻrqishni (taqvoni) tavsiya qilaman. Yomonlik qilsang, ortidan yaxshilik qil. Hech kimdan hech narsa soʻrama, hatto qamching tushib ketsa ham. Omonatni qabul qilma va ikki kishi orasida hukm chiqarma», dedilar. Ahmad rivoyat qilgan.