وَعَنْ أَبِي أُمَامَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «مَا مِنْ رَجُلٍ يَلِي أَمْرَ عَشَرَةٍ فَمَا فَوْقَ ذَلِكَ إِلَّا أتاهُ اللَّهُ عزَّ وجلَّ مغلولاً يومَ القيامةِ يَدُهُ إِلَى عُنُقِهِ فَكَّهُ بِرُّهُ أَوْ أَوْبَقَهُ إِثْمُهُ أَوَّلُهَا مَلَامَةٌ وَأَوْسَطُهَا نَدَامَةٌ وَآخِرُهَا خِزْيٌ يومَ القيامةِ»
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Oʻn yoki undan koʻp kishining ishiga (amaldorlikka) vali boʻlgan har bir kishi qiyomat kuni qoʻli boʻyniga kishanlangan holda aziz va jalil Alloh huzuriga keladi. Uni yo yaxshiligi ozod qiladi, yo gunohi halok qiladi. Uning avvali malomat, oʻrtasi nadomat (pushaymonlik), oxiri esa qiyomat kuni sharmandalikdir», dedilar. Ahmad rivoyat qilgan.