عَنْ أَبِي الشَّمَّاخِ الْأَزْدِيِّ عَنِ ابْنِ عَمٍّ لَهُ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ أَتَى مُعَاوِيَةَ فَدَخَلَ عَلَيْهِ فَقَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ النَّاسِ شَيْئًا ثُمَّ أَغْلَقَ بَابَهُ دُونَ الْمُسْلِمِينَ أَوِ الْمَظْلُومِ أَوْ ذِي الْحَاجَةِ أَغْلَقَ اللَّهُ دُونَهُ أَبْوَابَ رَحْمَتِهِ عِنْدَ حَاجَتِهِ وَفَقْرِهِ أَفْقَرَ مَا يَكُونُ إليهِ»
Bir sahobiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ: «Kim odamlarning ishidan biror narsaga (hokim) qilinib, soʻng eshigini musulmonlardan yoki mazlumdan yoki hojatmanddan berkitsa, Alloh ham uning hojati va faqirligi paytida — u eng muhtoj boʻlgan chogʻida — rahmat eshiklarini undan berkitib qoʻyadi», deganlarini eshitdim. Bayhaqiy «Shuab al-iymon»da rivoyat qilgan.