عَنْ أَبِي بَكْرَةَ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا يَقْضِيَنَّ حَكَمٌ بَيْنَ اثْنَيْنِ وَهُوَ غَضْبَانُ»
(Abdurahmon ibn Abu Bakra aytdi:) Abu Bakra oʻz oʻgʻliga — u Sijistonda ekan — shunday (xat) yozdi: «Sen ikki kishi orasida gʻazabli holatda hukm qilma; chunki men Paygʻambar ﷺning shunday deganlarini eshitganman: ‹Hech bir hakam (qozi) ikki kishi orasida — gʻazabli holatda — aslo hukm qilmasin›», (deb).