وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينِ صَبْرٍ وَهُوَ فِيهَا فَاجِرٌ يَقْتَطِعُ بِهَا مَالَ امْرِئٍ مُسْلِمٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَهُوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ» فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَصْدِيقَ ذَلِكَ: (إِنَّ الَّذِينَ يشترونَ بعهدِ اللَّهِ وأيمانِهمْ ثمنا قَلِيلا) إِلَى آخر الْآيَة
(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ: «Kim bir musulmon kishining molini (nohaq) kesib olish uchun yamin sabr (qasam ichishga majbur boʻlgan holdagi yolgʻon qasam) ichsa, Allohga — U gʻazabli holida — yoʻliqadi», dedilar. Shunda Alloh buni tasdiqlab: ‹Albatta Allohning ahdi va oʻz qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar...› (Oli Imron surasi, 77-oyat) — oyatning oxirigacha (nozil qildi). Soʻng Ashʼas ibn Qays kirib: «Abu Abdurrahmon (Ibn Masʼud) sizlarga nima (hadis) aytdi?» dedi. Ular: «Shunday-shunday», dedilar. U: «Bu (oyat) men haqimda nozil boʻlgan. Mening amakivachchamning yerida bir qudugʻim bor edi (va biz nizolashdik). Men Rasululloh ﷺning oldilariga keldim. U zot: ‹(Daʼvongga) daliling (boʻlsin), yoki uning qasami (boʻladi)›, dedilar. Men: ‹Unda u (qasam) ichib (yolgʻon) qasam icharadi-ku, yo Rasululloh›, dedim. Rasululloh ﷺ: ‹Kim bir musulmon kishining molini (nohaq) kesib olish uchun — oʻzi unda fojir (yolgʻonchi) boʻla turib — yamin sabr ichsa, Qiyomat kunida Allohga — U gʻazabli holida — yoʻliqadi›, dedilar», dedi.