وَعَنْ أَبِي أُمَامَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنِ اقْتَطَعَ حَقَّ امْرِئٍ مُسْلِمٍ بِيَمِينِهِ فَقَدْ أَوْجَبَ اللَّهُ لَهُ النَّارَ وَحَرَّمَ اللَّهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ» فَقَالَ لَهُ رَجُلٌ: وَإِنْ كَانَ شَيْئا يسير يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «وَإِنْ كَانَ قَضِيبًا من أَرَاك» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim (yolgʻon) qasami bilan bir musulmon kishining haqqini kesib olsa, Alloh unga doʻzaxni vojib, jannatni harom qildi», dedilar. Shunda bir kishi u zotga: «Agar u arzimas narsa boʻlsa ham-a, ey Rasululloh?» dedi. U zot: «Arak daraxtining bir choʻpi boʻlsa ham», dedilar.