وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ وَإِنَّكُمْ تَخْتَصِمُونَ إِلَيَّ وَلَعَلَّ بَعْضَكُمْ أَنْ يَكُونَ أَلْحَنَ بِحُجَّتِهِ مِنْ بَعْضٍ فَأَقْضِي لَهُ عَلَى نَحْوِ مَا أَسْمَعُ مِنْهُ فَمَنْ قَضَيْتُ لَهُ بِشَيْءٍ مِنْ حَقِّ أَخِيهِ فَلَا يَأْخُذَنَّهُ فَإِنَّمَا أَقْطَعُ لَهُ قِطْعَةً مِنَ النَّار»
Ummu Salama (roziyallohu anho) aytdi: Rasululloh ﷺ: «Men ham bir insondirman. Sizlar oldimga nizolaringizni keltirasiz. Baʼzilaringiz oʻz daʼvosini boshqalardan koʻra notiqroq bayon qilishi mumkin. Shunda men undan eshitganimga koʻra uning foydasiga hukm qilishim mumkin. Bas, kimning foydasiga, (aslida) birodarining haqqi boʻlgan biror narsani hukm qilib bersam, u (haqsiz hukm bilan) undan hech narsa olmasin. Chunki men unga doʻzaxdan bir parcha kesib berayotgan boʻlaman», dedilar.