وَعَن الأشعثِ بنِ قيسٍ قَالَ: كَانَ بَيْنِي وَبَيْنَ رَجُلٍ مِنَ الْيَهُودِ أرضٌ فحَجَدني فَقَدَّمْتُهُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «أَلَكَ بَيِّنَةٌ؟» قُلْتُ: لَا قَالَ لِلْيَهُودِيِّ: «احْلِفْ» قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذَنْ يَحْلِفَ وَيَذْهَبَ بِمَالِي فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى: (إِنَّ الَّذِينَ يشترونَ بعهدِ اللَّهِ وأَيمانِهِم ثمنا قَلِيلا) الْآيَة. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim bir musulmonning molini nohaq olib qoʻyish uchun yolgʻonchi boʻla turib qasam ichsa, Allohga (qiyomatda) Alloh unga gʻazabnok holida roʻbaroʻ boʻladi», dedilar. Shunda Ashʼas: «Vallohi, bu (oyat) mening haqimda nozil boʻlgan. Mening bilan bir yahudiy oʻrtasida yer (haqida nizo) bor edi, u (yerni) mendan inkor qildi. Men uni Nabiy ﷺ huzurlariga olib bordim. Nabiy ﷺ menga: ‹Daliling bormi?› dedilar. Men: ‹Yoʻq›, dedim. U zot yahudiyga: ‹Qasam ich›, dedilar. Men: ‹Yo Rasululloh, unday boʻlsa, u qasam ichib, molimni olib ketadi-ku›, dedim. Shunda Alloh taolo: {Albatta, Allohga bergan ahdlarini va qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar…} oyatining oxirigacha nozil qildi», dedi.