وَعَنْهُ أَنْ رَجُلًا مَنْ كِنْدَةَ وَرَجُلًا مِنْ حَضْرَمَوْتَ اخْتَصَمَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أَرْضٍ مِنَ الْيَمَنِ فَقَالَ الْحَضْرَمِيُّ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ أَرْضِي اغْتَصَبَنِيهَا أَبُو هَذَا وَهَى فِي يَدِهِ قَالَ: «هَلْ لَكَ بَيِّنَةٌ؟» قَالَ: لَا وَلَكِنْ أُحَلِّفُهُ وَاللَّهِ مَا يَعْلَمُ أَنَّهَا أَرْضِي اغْتَصَبَنِيهَا أَبُوهُ؟ فَتَهَيَّأَ الْكِنْدِيُّ لِلْيَمِينِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَقْطَعُ أَحَدٌ مَالًا بِيَمِينٍ إِلَّا لَقِيَ اللَّهَ وَهُوَ أَجْذَمُ» فَقَالَ الْكِنْدِيُّ: هِيَ أرضُهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ashʼas ibn Qays (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Kinda qabilasidan boʻlgan bir kishi bilan Hazramavtdan boʻlgan bir kishi Yamandagi bir yer haqida Nabiy ﷺ huzurlarida daʼvolashdilar. Hazramavtlik: «Yo Rasululloh, mening yerimni bu kishining otasi gʻasb qilib olgan, u (yer) hozir uning qoʻlida», dedi. U zot: «Daliling bormi?» dedilar. U: «Yoʻq, lekin men unga qasam ichirtiraman: vallohi, u bu yer mening yerim ekanini va otasi uni mendan gʻasb qilib olganini bilmaydimi (ekan)», dedi. Kindalik kishi qasam ichishga shaylandi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Kimki birovning molini qasam bilan olib qoʻysa, Allohga (qiyomatda) qoʻli kesilgan holida roʻbaroʻ boʻladi», dedilar. Shunda kindalik kishi: «U (yer) uning yeridir», dedi.