وَعَن عبدِ اللَّهِ بنِ أُنَيْسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ مِنْ أَكْبَرِ الْكَبَائِرِ الشِّرْكَ بِاللَّهِ وَعُقُوقَ الْوَالِدَيْنِ وَالْيَمِينَ الْغَمُوسَ وَمَا حَلَفَ حَالِفٌ بِاللَّهِ يَمِينَ صَبْرٍ فَأَدْخَلَ فِيهَا مِثْلَ جَنَاحِ بَعُوضَةٍ إِلَّا جُعِلَتْ نُكْتَةً فِي قَلْبِهِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيب
Abdulloh ibn Unays al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Eng katta gunohlardan Allohga shirk keltirish, ota-onaga oqlik qilish, yolgʻon qasam ichish hamda kishining (boshqaning haqqini yeb) qasdma-qasd ichgan qasamiga chivinning qanotidek (yolgʻon) qoʻshishidir; bunday qilgan kishining qalbiga qiyomat kunigacha (turadigan) bir nuqta solib qoʻyiladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Umoma al-Ansoriy — u Saʼlabaning oʻgʻlidir, biz uning ismini bilmaymiz, u Nabiy ﷺdan (bir necha) hadislar rivoyat qilgan. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.