وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَحْلِفُ أَحَدٌ عِنْدَ مِنْبَرِي هَذَا عَلَى يَمِينٍ آثِمَةٍ وَلَوْ عَلَى سِوَاكٍ أَخْضَرَ إِلَّا تَبَوَّأَ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ أَوْ وَجَبَتْ لَهُ النَّارُ» . رَوَاهُ مَالِكٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Hech kim mening shu minbarim oldida — garchi koʻkargan bir misvok (tish choʻpi) uchun boʻlsa-da — gunohkor (yolgʻon) qasam ichmasin. Aks holda, u doʻzaxdagi oʻrnini hozirlab qoʻygan boʻladi», yoki «unga doʻzax vojib boʻladi», dedilar.