وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَثَلُ الْمُجَاهِدِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ الصَّائِمِ الْقَائِمِ الْقَانِتِ بِآيَاتِ اللَّهِ لَا يَفْتُرُ مِنْ صِيَامٍ وَلَا صَلَاةٍ حَتَّى يَرْجِعَ الْمُجَاهِدُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ dan: «Aziz va jalil Alloh yoʻlidagi jihodga nima teng keladi?» — deb soʻrandi. (U zot): «Sizlar unga kuchingiz yetmaydi», — dedilar. (Abu Hurayra) dedi: Soʻng ular bu (savol)ni ikki yoki uch marta takrorladilar, har safar (u zot): «Sizlar unga kuchingiz yetmaydi», — derdilar. Uchinchisida esa: «Alloh yoʻlidagi mujohidning misoli xuddi roʻza tutuvchi, (namozda) tik turuvchi, Allohning oyatlariga itoat qiluvchi kishiga oʻxshaydi: Alloh taolo yoʻlidagi mujohid (jihoddan) qaytguncha roʻzasidan ham, namozidan ham toʻxtamaydi (sustlik qilmaydi)», — dedilar.