وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «انْتَدَبَ اللَّهُ لِمَنْ خَرَجَ فِي سَبِيلِهِ لَا يُخْرِجُهُ إِلَّا إِيمَانٌ بِي وَتَصْدِيقٌ بِرُسُلِي أَنْ أَرْجِعَهُ بِمَا نَالَ مِنْ أَجْرٍ وَغَنِيمَةٍ أَوْ أُدْخِلَهُ الْجَنَّةَ»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Alloh yoʻlida — uni faqat Allohga va Uning paygʻambarlariga iymon undagan, boshqa hech narsa undamagan holda — (jangga) chiqqan kishini Alloh, agar tirik qaytsa, savob yoki oʻlja bilan (mukofotlaydi); agar (shahid boʻlib) oʻlsa, jannatga kiritadi. Agar ummatimga ogʻir boʻlmaganida, men (jihodga ketayotgan) hech bir saryadan (qoʻshindan) orqada qolmasdim. Men Alloh yoʻlida shahid boʻlishni, soʻng tiriltirilishni, yana shahid boʻlishni, yana tiriltirilishni, yana shahid boʻlishni juda istar edim», — dedilar.