وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا تَعُدُّونَ الشَّهِيدَ فِيكُمْ؟» قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَنْ قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَهُوَ شَهِيدٌ قَالَ: " إِنَّ شُهَدَاءَ أُمَّتِي إِذًا لِقَلِيلٌ: مَنْ قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ مَاتَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ مَاتَ فِي الطَّاعُونِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ مَاتَ فِي الْبَطْنِ فهوَ شهيدٌ ". رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Oranglarda kimni shahid deb hisoblaysizlar?» dedilar. Ular: «Yo Rasululloh! Alloh yoʻlida oʻldirilgan kishi shahiddir», dedilar. (U zot): «Unday boʻlsa, ummatimning shahidlari oz boʻlur ekan», dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, unday boʻlsa ular kimlar?» dedilar. (U zot): «Alloh yoʻlida oʻldirilgan kishi shahiddir; Alloh yoʻlida (xizmatda) vafot etgan kishi shahiddir; vaboda vafot etgan kishi shahiddir; qorin (ich ketishi) (kasalligi)da vafot etgan kishi shahiddir», dedilar. Ibn Miqsam aytdi: men bu hadis xususida otang(Suhayl)ning: «Va gʻarq boʻlgan kishi shahiddir», deganiga guvohlik beraman.