وَعَن يَعْلى بن أُميَّةَ قَالَ: أَذِنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بالغزو وَأَن شَيْخٌ كَبِيرٌ لَيْسَ لِي خَادِمٌ فَالْتَمَسْتُ أَجِيرًا يَكْفِينِي فَوَجَدْتُ رَجُلًا سَمَّيْتُ لَهُ ثَلَاثَةَ دَنَانِيرَ فَلَمَّا حَضَرَتْ غَنِيمَةٌ أَرَدْتُ أَنْ أُجْرِيَ لَهُ سَهْمَهُ فَجِئْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَكَرَتْ لَهُ فَقَالَ: «مَا أَجِدُ لَهُ فِي غَزْوَتِهِ هَذِهِ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ إِلَّا دَنَانِيرَهُ الَّتِي تسمى» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Yaʼlo ibn Munya (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ gʻazotga (chiqishni) eʼlon qildilar. Men keksaygan, xizmatkori yoʻq chol edim. Shu sababli oʻzimning oʻrnimga kifoya qiladigan bir ijarachi izladim, men unga (gʻanimatdan) ulushini berardim. Bir kishini topdim. Yoʻlga chiqish yaqinlashganida, u oldimga kelib: «Ulushlar qancha boʻlishini va mening ulushim qanchaga yetishini bilmayman. Bas, menga biror narsani belgilab bering, ulush boʻladimi yoki boʻlmaydimi (baribir)», dedi. Men unga uch dinor belgiladim. Uning gʻanimati kelganida, men unga ulushini bermoqchi boʻldim. Soʻng (belgilangan) dinorlarni esladim. Shunda Nabiy ﷺning oldilariga kelib, uning ishini u zotga aytdim. U zot: «Men uning bu gʻazotida unga dunyoda ham, oxiratda ham, oʻzi belgilagan dinorlaridan boshqa narsani topa olmayman», dedilar.