وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَجُلًا قَالَ: يَا رسولَ الله رجلٌ يُرِيدُ الْجِهَادَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَهُوَ يَبْتَغِي عَرَضاً من عرَضِ الدُّنْيَا فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا أجر لَهُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, bir kishi Alloh yoʻlida jihod qilmoqchi, ammo u dunyo matosidan biror narsani ham koʻzlamoqda (bunga nima deysiz)?» dedi. Rasululloh ﷺ: «Unga ajr yoʻq», dedilar. Bu odamlarga ogʻir botdi va ular u kishiga: «Rasululloh ﷺning oldilariga qayt, ehtimol sen savolingni u zotga yaxshi tushuntirmagandirsan», dedilar. Shunda u: «Ey Allohning Rasuli, bir kishi Alloh yoʻlida jihod qilmoqchi, ammo u dunyo matosidan biror narsani ham koʻzlamoqda», dedi. U zot: «Unga ajr yoʻq», dedilar. Ular yana u kishiga: «Rasululloh ﷺning oldilariga qayt», dedilar. Shunda u (savolni) uchinchi marta aytdi. U zot unga: «Unga ajr yoʻq», dedilar.