وَعَن بُرَيْدَة قَالَ: بَيْنَمَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَمْشِي إِذا جَاءَهُ رَجُلٌ مَعَهُ حِمَارٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ ارْكَبْ وَتَأَخَّرَ الرَّجُلُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا أَنْتَ أَحَقُّ بِصَدْرِ دَابَّتِكَ إِلَّا أَنْ تَجْعَلَهُ لِي» . قَالَ: جَعَلْتُهُ لَكَ فَرَكِبَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ
Abdulloh ibn Burayda (rahimahulloh): «Men otam Burayda (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim», deydi: «Rasululloh ﷺ piyoda ketayotgan edilar, eshagi bor bir kishi kelib: ‹Yo Rasululloh, mining›, dedi va oʻzi orqaga surildi. Shunda Rasululloh ﷺ: ‹Yoʻq, ulovingning oldida (minishga) sen mendan koʻra haqliroqsan, magar uni menga bersang (boshqa gap)›, dedilar. U: ‹Men uni sizga berdim›, dedi. Shunda (u zot) mindilar.»