وَعَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي هِنْدٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «تَكُونُ إِبِلٌ لِلشَّيَاطِينِ وَبُيُوتٌ لِلشَّيَاطِينِ» . فَأَمَّا إِبِلُ الشَّيَاطِينِ فَقَدْ رَأَيْتُهَا: يَخْرُجُ أَحَدُكُمْ بِنَجِيبَاتٍ مَعَهُ قَدْ أَسْمَنَهَا فَلَا يَعْلُو بَعِيرًا مِنْهَا وَيَمُرُّ بِأَخِيهِ قَدِ انْقَطَعَ بِهِ فَلَا يَحْمِلُهُ وَأَمَّا بُيُوتُ الشَّيَاطِينِ فَلَمْ أَرَهَا كَانَ سَعِيدٌ يَقُولُ: لَا أُرَاهَا إِلَّا هَذِهِ الْأَقْفَاصَ الَّتِي يَسْتُرُ النَّاسُ بِالدِّيبَاجِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ: ‹Shaytonlarga tegishli tuyalar va shaytonlarga tegishli uylar boʻladi. Shaytonlarning tuyalariga kelsak, men ularni koʻrganman: birovingiz oʻzi bilan birga semirtirib olgan yetaklama tuyalarini olib chiqadi-da, ulardan birortasiga minmaydi va (yoʻlda) yoʻldan qolib qolgan birodarining yonidan oʻtadi-yu, uni (ulovga) ortib olmaydi. Shaytonlarning uylariga kelsak, men ularni koʻrmadim›, dedilar», dedi. Said: «Men ularni faqat odamlar shoyi bilan toʻsiydigan ana shu kajavalar deb oʻylayman», deb aytar edi.