وَعَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعَثَ بِكِتَابِهِ إِلَى كِسْرَى مَعَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ حُذَافَةَ السَّهْمِيِّ فَأَمَرَهُ أَنْ يَدْفَعَهُ إِلَى عَظِيمِ الْبَحْرَيْنِ فَدَفَعَهُ عَظِيمُ الْبَحْرَيْنِ إِلَى كِسْرَى فَلَمَّا قَرَأَ مَزَّقَهُ قَالَ ابْنُ الْمُسَيَّبِ: فَدَعَا عَلَيْهِمْ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يُمَزَّقُوا كُلَّ مُمَزَّقٍ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) xabar berdi)ki, Rasululloh ﷺ Kisroga oʻz maktubini Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy bilan yubordilar va unga uni Bahrayn hokimiga berishni buyurdilar; Bahrayn hokimi uni Kisroga berdi. Kisro uni oʻqigach, uni yirtib tashladi. (Rovi:) Gumon qilamanki, Ibnul-Musayyab: «Rasululloh ﷺ ularning (ziyoniga) — butunlay parcha-parcha boʻ lishlarini — duo qildilar», dedi.