وَعَن رَبَاح بن الرَّبيعِ قَالَ: كُنَّا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي غزوةٍ فَرَأى الناسَ مجتمعينَ عَلَى شَيْءٍ فَبَعَثَ رَجُلًا فَقَالَ: «انْظُرُوا عَلَى من اجْتمع هَؤُلَاءِ؟» فَقَالَ: عَلَى امْرَأَةٍ قَتِيلٍ فَقَالَ: «مَا كَانَتْ هَذِهِ لِتُقَاتِلَ» وَعَلَى الْمُقَدِّمَةِ خَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ فَبَعَثَ رَجُلًا فَقَالَ: " قُلْ لِخَالِدٍ: لَا تَقْتُلِ امْرَأَة وَلَا عسيفا ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Raboh ibn Rabiʼ (roziyallohu anhu) aytadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan birga bir gʻazotda edik. U zot odamlarni biror narsaning atrofiga toʻplanganini koʻrib, bir kishini yubordilar va: «Qara, bular nimaning atrofiga toʻplanishibdi?» dedilar. U (kishi) kelib: «Oʻldirilgan bir ayolning atrofiga», dedi. Shunda u zot: «Bu (ayol) jang qiladiganlardan emas edi-ku», dedilar. (Roviy) dedi: Old qoʻshinga Xolid ibn Valid boshliq edi. Shunda u zot bir kishini yuborib: «Xolidga ayt, hech bir ayolni ham, yollangan xizmatkorni ham oʻldirmasin», dedilar.