وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «انْطَلِقُوا بِاسْمِ اللَّهِ وَبِاللَّهِ وعَلى ملِّة رسولِ الله لَا تقْتُلوا شَيْخًا فَانِيًا وَلَا طِفْلًا صَغِيرًا وَلَا امْرَأَةً وَلَا تَغُلُّوا وَضُمُّوا غَنَائِمَكُمْ وَأَصْلِحُوا وَأَحْسِنُوا فَإِنَّ اللَّهَ يحبُّ المحسنينَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Rasululloh ﷺ: «Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qilib va Allohning Rasuli millati (dini) uzra (jangga) yuringlar. Keksayib qolgan qarini, goʻdakni, kichik bolani va ayolni oʻldirmanglar; gʻanimatdan oʻgʻirlamanglar, balki oʻljalaringizni (bir joyga) yigʻinglar, (ishlaringizni) isloh qilinglar va yaxshilik qilinglar. {Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi} (Baqara 195)», dedilar.