وَعَنْهُ قَالَ: غَزَوْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ هَوَازِنَ فَبَيْنَا نَحْنُ نَتَضَحَّى مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذْ جَاءَ رَجُلٌ عَلَى جَمَلٍ أَحْمَرَ فَأَنَاخَهُ وَجَعَلَ يَنْظُرُ وَفِينَا ضَعْفَةٌ وَرِقَّةٌ مِنَ الظَّهْرِ وَبَعْضُنَا مُشَاةٌ إِذْ خَرَجَ يَشْتَدُّ فَأَتَى جَمَلَهُ فَأَثَارَهُ فَاشْتَدَّ بِهِ الْجَمَلُ فَخَرَجْتُ أَشْتَدُّ حَتَّى أَخَذْتُ بِخِطَامِ الْجَمَلِ فَأَنَخْتُهُ ثُمَّ اخْتَرَطْتُ سَيْفِي فَضَرَبْتُ رَأْسَ الرَّجُلِ ثُمَّ جِئْتُ بِالْجَمَلِ أَقُودُهُ وَعَلَيْهِ رَحْلُهُ وَسِلَاحُهُ فَاسْتَقْبَلَنِي رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَالنَّاسُ فَقَالَ: «مَنْ قَتَلَ الرَّجُلَ؟» قَالُوا: ابْنُ الْأَكْوَعِ فَقَالَ: «لَهُ سَلَبُهُ أَجْمَعُ»
Salama ibnul-Akva (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bilan birga Havozin (urushi)ga gʻazot qildik. Biz Rasululloh ﷺ bilan birga choshgoh taomini yeb oʻtirganimizda, qizil bir tuyada bir kishi keldi-da, tuyasini choʻktirdi. Soʻng egar tasmasidan bir arqon olib, tuyani bogʻlab qoʻydi. Keyin oldinga oʻtib, jamoa bilan birga ovqatlana boshladi va (atrofga) qaray boshladi. Bizning (oramizda) zaiflik va ulovlarda kamchilik bor edi, baʼzilarimiz piyoda edik. Birdan u shoshib chiqib, tuyasi oldiga keldi-da, bogʻini yechib, uni choʻktirdi va ustiga mindi, soʻng uni qoʻzgʻatdi. Tuya uni olib (tez) yugurib ketdi. Boz rangli urgʻochi tuyada bir kishi uning ortidan quvdi. Salama dedi: Men ham yugurib chiqib, urgʻochi tuyaning yoni (son tomoni)ga yetib oldim. Soʻng oldinga oʻtib, (haligi qochayotgan) tuyaning yoniga yetdim. Yana oldinga oʻtib, tuyaning jilovidan ushladim-da, uni choʻktirdim. U tizzasini yerga qoʻyishi bilan men qilichimni sugʻurib, haligi kishining boshiga urdim, (boshi) uchib ketdi. Soʻng tuyani — ustida egari va quroli bilan — yetaklab keldim. Rasululloh ﷺ va u zot bilan birga odamlar meni qarshi olib chiqishdi. (U zot): «Bu kishini kim oʻldirdi?» dedilar. Ular: Ibnul-Akva, dedilar. (U zot): «Uning hamma buyumlari oʻshaniki», dedilar.