وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: لَمَّا نَزَلَتْ بَنُو قُرَيْظَةَ عَلَى حُكْمِ سَعْدِ بْنِ مُعَاذٍ بَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِليه فَجَاءَ عَلَى حِمَارٍ فَلَمَّا دَنَا قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «قُومُوا إِلَى سَيِّدِكُمْ» فَجَاءَ فَجَلَسَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ هَؤُلَاءِ نَزَلُوا عَلَى حُكْمِكَ» . قَالَ: فَإِنِّي أَحْكُمُ أَنْ تَقْتُلَ الْمُقَاتِلَةُ وَأَنْ تُسْبَى الذُّرِّيَّةُ. قَالَ: «لَقَدْ حَكَمْتَ فِيهِمْ بحُكْمِ المَلِكِ» . وَفِي رِوَايَة: «بِحكم الله»
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bani Qurayza qabilasi Saʼdning hukmiga rozi boʻlganda, Allohning Rasuli ﷺ — oʻziga yaqin (joyda boʻlgan) Saʼdni (chaqirib) yubordi. Saʼd eshakka minib keldi va u yaqinlashganda, Allohning Rasuli ﷺ (ansorlarga): «Oʻz sardoringiz uchun (oʻrningizdan) turinglar», — dedi. Soʻng Saʼd kelib, Allohning Rasuli ﷺ ning yoniga oʻtirdi va u zot unga: «Bu odamlar sening hukmingga rozi (boʻlib turibdi)», — dedi. Saʼd: «Men ularning jangchilari oʻldirilishi, bolalari va ayollari esa asir olinishi (kerakligi) haqida hukm chiqaraman», — dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ey Saʼd! Sen ular orasida — Podshoh Allohning hukmi bilan (yoki shunga oʻxshash) — hukm chiqarding», — deb aytdi.