وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: خَرَجَ عِبْدَانٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَعْنِي الْحُدَيْبِيَةَ قَبْلَ الصُّلْحِ فَكَتَبَ إِلَيْهِ مَوَالِيهِمْ قَالُوا: يَا مُحَمَّدُ وَاللَّهِ مَا خَرَجُوا إِلَيْكَ رَغْبَةً فِي دِينِكَ وَإِنَّمَا خَرَجُوا هَرَبًا مِنَ الرِّقِّ. فَقَالَ نَاسٌ: صَدَقُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ رُدَّهُمْ إِلَيْهِمْ فَغَضِبَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَقَالَ: «مَا أَرَاكُم تنتهونَ يَا مَعْشَرَ قُرَيْشٍ حَتَّى يَبْعَثَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ مَنْ يَضْرِبُ رِقَابَكُمْ عَلَى هَذَا» . وَأَبَى أَنْ يَرُدَّهُمْ وَقَالَ: «هُمْ عُتَقَاءَ اللَّهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: (Mushriklarning) bir nechta qullari sulhdan oldin — yaʼni Hudaybiya kuni — Rasululloh ﷺ huzuriga chiqib keldilar. Shunda ularning xojalari u zotga (xat) yozib: «Ey Muhammad, vallohi, ular sening dininga rgʻbatlanib sening oldingga chiqib kelganlari yoʻq, balki ular faqat qullikdan qochib chiqib ketishdi», deyishdi. Baʼzi odamlar: «Ular rost aytishdi, ey Allohning Rasuli, ularni ularga qaytaring», deyishdi. Shunda Rasululloh ﷺ gʻazablanib: «Ey Quraysh jamoasi, sizlarni mana shu (xatti-harakat)ingizdan toʻxtaydigandek koʻrmayapman, to Alloh sizlarga shu (ish) uchun boʻyinlaringizga uradigan birovni yuborguncha», dedilar va ularni qaytarishdan bosh tortib: «Ular Alloh azza va jallaning ozodlaridir», dedilar.