وَعَن جُبيرِ بن مُطعمٍ قَالَ: مَشَيْتُ أَنَا وَعُثْمَانُ بْنُ عَفَّانَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقُلْنَا: أَعْطَيْتَ بَنِي الْمُطَّلِبِ مِنْ خُمُسِ خَيْبَرَ وَتَرَكْتَنَا وَنَحْنُ بِمَنْزِلَةٍ وَاحِدَةٍ مِنْكَ؟ فَقَالَ: «إِنَّمَا بَنُو هَاشِمٍ وَبَنُو المطلبِ وَاحِدٌ» . قَالَ جُبَيْرٌ: وَلَمْ يَقْسِمِ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِبَنِي عَبْدِ شَمْسٍ وَبَنِي نوفلٍ شَيْئا. رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Jubayr ibn Mutʼim aytdi:) Men va Usmon ibn Affon Paygʻambar ﷺning oldilariga borib: «Siz Xaybar xumsidan (beshdan biridan) Bani Muttalibga berdingiz-u, bizni (Bani Navfal va Bani Abdishamsni) tashlab qoʻ ydingiz, holbuki biz sizga (qarindoshlikda) bir martabadamiz», dedik. U zot: «Albatta Bani Hoshim va Bani Muttalib (bir-biriga yaqinlikda) bir narsa (bir xil)dir», dedilar. Jubayr aytdi: Paygʻambar ﷺ Bani Abdishams va Bani Navfalga (xumsdan) hech narsa taqsimlamadilar.