وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُّمَا قَرْيَةٍ أَتَيْتُمُوهَا وأقمتمْ فِيهَا فَسَهْمُكُمْ فِيهَا وَأَيُّمَا قَرْيَةٍ عَصَتِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَإِنَّ خُمُسَهَا لِلَّهِ وَلِرَسُولِهِ ثُمَّ هِيَ لَكُمْ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir qishloqqa kelib, unda (tinch yoʻl bilan) joylashsangiz, undan sizga (oʻz) ulushingiz bordir. Qaysi bir qishloq Allohga va Uning Rasuliga (qarshi chiqib) itoatsizlik qilsa, uning xumsi Alloh va Uning Rasuliga, soʻngra (qolgani) sizlarnikidir», dedilar.