وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَنَفَّلَ سيفَه ذَا الفَقارِ يومَ بدْرٍ رَوَاهُ أَحْمد وَابْن مَاجَهْ وَزَادَ التِّرْمِذِيُّ وَهُوَ الَّذِي رَأَى فِيهِ الرُّؤْيَا يَوْم أحد
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ Badr kunida oʻzlarining Zulfaqor qilichlarini nafl (qoʻshimcha ulush) qilib oldilar. Bu (qilich) Uhud kunida tushlarida koʻrgan qilich edi. Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻldan, Ibn Abu Zinodning hadisidan bilamiz. Ilm ahli xumsdan nafl berish haqida ixtilof qilganlar. Molik ibn Anas aytdi: Rasululloh ﷺ barcha gʻazotlarida nafl berganlari menga yetmagan, lekin baʼzilarida nafl berganlari menga yetdi. Bu esa oʻljaning avvali va oxirida imomning ijtihodiga koʻra (boʻladi). Ibn Mansur aytdi: Men Ahmadga: Nabiy ﷺ (qoʻshindan) ajralib yurganda xumsdan keyin chorak (ulush), qaytganda xumsdan keyin uchdan bir (ulush) nafl berar edilar, dedim. U: Xumsni ajratib chiqaradi, soʻng qolganidan nafl beradi va bundan oshirmaydi, dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis Ibn Musayyab aytganidek: nafl xumsdan (beriladi). Ishoq ham (Ibn Musayyab) aytgandek aytdi.