وَعَن رويفع بْنِ ثَابِتٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَلَا يَرْكَبْ دَابَّةً مِنْ فَيْءِ الْمُسْلِمِينَ حَتَّى إِذَا أَعْجَفَهَا رَدَّهَا فِيهِ وَمَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَلَا يَلْبَسْ ثَوْبًا مِنْ فَيْءِ الْمُسلمين حَتَّى إِذا أخلقه ردهَا فِيهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Saʼid ibn Mansur bizga Abu Muoviyadan, u Ibn Ishoqdan shu hadisni rivoyat qilib: «...toki uni bir hayz bilan poklanishini kutmaguncha», — dedi. Unda «bir hayz bilan» deb ziyoda qildi. Bu Abu Muoviyaning xatosidir, bu (lafz) esa Abu Saʼidning hadisida sahihdir. Unda yana ziyoda qildi: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, musulmonlarning gʻaniymatidan boʻlgan ulovga minib, uni oriqlatib qoʻygach, (yana) unga qaytarib qoʻymasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, musulmonlarning gʻaniymatidan boʻlgan kiyimni kiyib, uni eskirtib qoʻygach, (yana) unga qaytarib qoʻymasin». Abu Dovud aytdi: «Hayz (lafzi) mahfuz emas, u Abu Muoviyaning xatosidir».