وَعَن أُميمةَ بنت رقيقَة قَالَتْ: بَايَعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي نِسْوَةٍ فَقَالَ لَنَا: «فِيمَا اسْتَطَعْتُنَّ وَأَطَقْتُنَّ» قُلْتُ: اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَرْحَمُ بِنَا مِنَّا بِأَنْفُسِنَا قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ بَايِعْنَا تَعْنِي صَافِحْنَا قَالَ: «إِنَّمَا قَوْلِي لِمِائَةِ امْرَأَةٍ كَقَوْلِي لِامْرَأَةٍ وَاحِدَةٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَمَالِكٌ فِي الْمُوَطَّأ
Umayma bint Ruqayqa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men bir necha ayollar bilan birga Rasululloh ﷺga bayʼat qildim. U zot bizga: «Qoʻlingizdan kelganicha va kuchingiz yetganicha (toat qilishingiz ustiga)», dedilar. Men: «Alloh va Uning Rasuli bizga oʻzimizdan koʻra rahmliroqdirlar», dedim. Soʻng: «Ey Allohning Rasuli, bizga bayʼat oling (qoʻl bering)», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Mening yuzta ayolga aytgan soʻzim, bitta ayolga aytgan soʻzimday (boʻlsin)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Biz uni faqat Muhammad ibn al-Munkadirning hadisidan bilamiz.