عَن عدِيِّ بنِ حاتِمٍ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا أَرْسَلْتَ كَلْبَكَ فَاذْكُرِ اسْمَ اللَّهِ فَإِنْ أَمْسَكَ عَلَيْكَ فَأَدْرَكْتَهُ حَيًّا فَاذْبَحْهُ وَإِنْ أَدْرَكْتَهُ قَدْ قَتَلَ وَلَمْ يَأْكُلْ مِنْهُ فَكُلْهُ وَإِنْ أَكَلَ فَلَا تَأْكُلْ فَإِنَّمَا أَمْسَكَ عَلَى نَفْسِهِ فَإِنْ وَجَدْتَ مَعَ كَلْبِكَ كَلْبًا غَيْرَهُ وَقَدْ قَتَلَ فَلَا تَأْكُلْ فَإِنَّكَ لَا تَدْرِي أَيُّهُمَا قَتَلَ. وَإِذَا رَمَيْتَ بِسَهْمِكَ فَاذْكُرِ اسْمَ اللَّهِ فَإِنْ غَابَ عَنْكَ يَوْمًا فَلَمْ تَجِدْ فِيهِ إِلَّا أَثَرَ سَهْمِكَ فَكُلْ إِنْ شِئْتَ وَإِنْ وَجَدْتَهُ غَرِيقًا فِي الْمَاءِ فَلَا تأكُلْ»
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga shunday dedilar: «Itingni yuborganingda Allohning nomini zikr qil. Agar (it) sen uchun (ovni) ushlasa va sen uni tirik holda topsang, uni soʻyib ol; agar uni oʻldirilgan, ammo (iting) undan yemagan holda topsang, uni yeb ol. Agar iting bilan birga undan boshqa bir itni topsang va (ov) oʻldirilgan boʻlsa, yema, chunki uni qaysi biri oʻldirganini bilmaysan. Agar oʻqingni otsang, Allohning nomini zikr qil. Agar (ov) bir kun koʻzdan gʻoyib boʻlib, soʻng unda faqat oʻzingning oʻqing izini topsang, xohlasang yeb ol; agar uni suvga choʻkkan holda topsang, yema», dedilar.