وَعَن أنس قَالَ: مَا أَعْلَمُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى رَغِيفًا مُرَقَّقًا حَتَّى لَحِقَ بِاللَّهِ وَلَا رَأَى شَاةً سَمِيطًا بِعَيْنِهِ قَطُّ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺni Allohga (yaʼni oxiratga) yoʻliqqunlaricha nozik yupqa non koʻrganlarini ham, terisi bilan butun qovurilgan qoʻyni oʻz koʻzlari bilan koʻrganlarini ham bilmayman. Buxoriy rivoyat qilgan.