وَعَن سهل بن سعد قَالَ: مَا رَأَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ النَّقِيَّ مِنْ حِينِ ابْتَعَثَهُ اللَّهُ حَتَّى قَبَضَهُ اللَّهُ وَقَالَ: مَا رَأَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُنْخُلًا مِنْ حِين ابتعثهُ الله حَتَّى قبضَهُ قِيلَ: كَيْفَ كُنْتُمْ تَأْكُلُونَ الشَّعِيرَ غَيْرَ مَنْخُولٍ؟ قَالَ: كُنَّا نَطْحَنُهُ وَنَنْفُخُهُ فَيَطِيرُ مَا طَارَ وَمَا بَقِي ثريناه فأكلناه. رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Abu Hozim aytdi:) Men Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan: «Rasululloh ﷺ oq (sof) un (naqiy) yeganmidilar?» deb soʻradim. Sahl: «Rasululloh ﷺ — Alloh u zotni (paygʻambar qilib) yuborgandan to Alloh u zotni (vafot ettirib) qabz qilgunga qadar — oq (sof) unni koʻ rmadilar» dedi. Men: «Rasululloh ﷺ zamonida sizlarda galvir (manxal)lar bormidi?» dedim. U: «Rasululloh ﷺ — Alloh u zotni yuborgandan to uni qabz qilgunga qadar — bir galvirni (ham) koʻ rmadilar» dedi. Men: «Siz elanmagan (galvirdan oʻ tmagan) arpani qanday yer edingiz?» dedim. U: «Biz uni yanchar va puflar edik; uchgan(i) uchib ketar, qolganini (suv bilan) hoʻ llab (xamir qilib) yer edik» dedi.