وَعَنْ جَابِرٌ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ أَكَلَ ثُومًا أَوْ بَصَلًا فَلْيَعْتَزِلْنَا» أَوْ قَالَ: «فَلْيَعْتَزِلْ مَسْجِدَنَا أَوْ لِيَقْعُدْ فِي بَيْتِهِ» . وَإِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أُتِيَ بِقِدْرٍ فِيهِ خَضِرَاتٌ مِنْ بُقُولٍ فَوَجَدَ لَهَا رِيحًا فَقَالَ: «قَرِّبُوهَا» إِلَى بَعْضِ أَصْحَابِهِ وَقَالَ: «كُلْ فَإِنِّي أُنَاجِي مَنْ لَا تُناجي»
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Kim sarimsoq yoki piyoz yesa, bizning masjidimizdan uzoq tursin yoki uyida qolsin», — dedilar. (Jobir ibn Abdulloh boshqa rivoyatda dedi: Bir kuni pishirilgan sabzavot solingan katta bir tovoq keltirildi. Undan yoqimsiz hid kelayotganini sezgach, Paygʻambar ﷺ: «Bunda nima bor?» — dedilar. U zotga undagi barcha sabzavotlarning nomi aytildi. Paygʻambar ﷺ uni oʻzlari bilan birga boʻlgan baʼzi sahobalariga yaqinlashtirishni buyurdilar. Paygʻambar ﷺ uni koʻrgach, yeshni yoqtirmadilar va: «Yenglar; (men yemayman) — chunki men sizlar suhbatlashmaydigan (zotlar) bilan (yaʼni farishtalar bilan) suhbatlashaman», — dedilar.)