وَعَنْ أَبِي وَاقِدٍ اللَّيْثِيِّ أَنْ رَجُلًا قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا نَكُونُ بِأَرْضٍ فَتُصِيبُنَا بهَا المخصمة فَمَتَى يحلُّ لنا الميتةُ؟ قَالَ: «مَا لم تصطبحوا وتغتبقوا أَوْ تَحْتَفِئُوا بِهَا بَقْلًا فَشَأْنَكُمْ بِهَا» . مَعْنَاهُ: إِذَا لَمْ تَجِدُوا صَبُوحًا أَوْ غَبُوقًا وَلَمْ تَجِدُوا بَقْلَةً تَأْكُلُونَهَا حَلَّتْ لَكُمُ الْمَيْتَةُ. رَوَاهُ الدَّارمِيّ
Abu Woqid al-Laysiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, biz shunday bir yerda boʻlamizki, u yerda bizni ochlik tutadi. Bizga oʻlaksa qachon halol boʻladi?» dedi. U zot ﷺ: «Toki sizlar (uni) ertalabki ichimlik yoki kechki ichimlik qilib ichmasangiz yoxud u bilan (birga) koʻkat termasangiz — undan (foydalanish) ixtiyoringizda», dedilar. Uning maʼnosi: agar ertalabki ichimlik yoki kechki ichimlik topmasangiz va yeydigan koʻkat ham topmasangiz, oʻlaksa sizga halol boʻladi. Dorimiy rivoyat qilgan.