وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: أُهْدِيَتْ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم حُلّة سِيَرَاءَ فَبَعَثَ بِهَا إِلَيَّ فَلَبِسْتُهَا فَعَرَفْتُ الْغَضَبَ فِي وَجْهِهِ فَقَالَ: «إِنِّي لَمْ أَبْعَثْ بِهَا إِلَيْكَ لِتَلْبَسَهَا إِنَّمَا بَعَثْتُ بِهَا إِلَيْكَ لِتُشَقِّقَهَا خُمُراً بَين النساءِ»
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ga ipakli (chiziqli) bir hulla (kiyim) hadya qilindi, u zot uni menga yubordilar. Men uni kiydim. Shunda u zotning yuzlarida gʻazabni sezdim. U zot: «Men uni senga kiyishing uchun yubormadim, balki uni senga ayollar oʻrtasida roʻmollarga boʻlib berishing uchun yubordim», dedilar.