وَعَنْ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنْ لُبْسِ الْحَرِيرِ إِلَّا هَكَذَا وَرَفَعَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إصبعيه: الْوُسْطَى والسبابة وضمهما وَفِي رِوَايَةٍ لِمُسْلِمٍ: أَنَّهُ خَطَبَ بِالْجَابِيَةِ فَقَالَ: نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ لُبْسِ الْحَرِيرِ إِلَّا مَوْضِعَ إِصْبَعَيْنِ أَوْ ثَلَاث أَو أَربع
Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ipak kiyishni mana shu qadardan boshqa holatda man qildilar. Rasululloh ﷺ ikki barmoqlarini — oʻrta barmoq bilan koʻrsatkich barmoqni koʻtarib, ularni birlashtirdilar. Muslimning bir rivoyatida kelishicha, u Jobiyada xutba qilib: «Rasululloh ﷺ ipak kiyishni ikki yoki uch yoki toʻrt barmoq joyidan boshqa holatda man qildilar», dedi. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.