وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا لَبِسَ قَمِيصًا بَدَأَ بميامنه. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ koʻylak kiyganlarida oʻng tomonlaridan boshlardilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni bir nechalari Shuʼbadan, shu isnod bilan Abu Hurayradan mavquf (Sahobiyga toʻxtagan) holda rivoyat qilganlar va biz Abdussamad ibn Abdulvorisdan boshqa hech kim uni (Nabiyga) marfuʼ qilganini bilmaymiz.