وَعَن سَالم عَنْ أَبِيهِ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْإِسْبَالُ فِي الْإِزَارِ وَالْقَمِيصِ وَالْعِمَامَةِ مِنْ جَرَّ مِنْهَا شَيْئًا خُيَلَاءَ لَمْ يَنْظُرِ اللَّهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيّ وَابْن مَاجَه
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan, u Paygʻambar ﷺ dan rivoyat qiladi. U zot shunday dedilar: «Isbol (kiyimni yerga sudralguday tushirish) izorda, koʻylakda va salla(chalma)da boʻladi. Kim ulardan birortasini takabburlik bilan sudrab yursa, Alloh qiyomat kuni unga nazar solmaydi».