وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا عَائِشَةُ إِذَا أَرَدْتِ اللُّحُوقَ بِي فَلْيَكْفِكِ مِنَ الدُّنْيَا كَزَادِ الرَّاكِبِ وَإِيَّاكِ وَمُجَالَسَةَ الْأَغْنِيَاءِ وَلَا تَسْتَخْلِقِي ثَوْبًا حَتَّى تُرَقِّعِيهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لَا نَعْرِفُهُ إِلَّا مِنْ حَدِيثِ صَالِحِ بْنِ حَسَّانَ قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ: صَالِحُ بْنُ حَسَّانَ مُنكر الحَدِيث
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ menga: ‹Agar menga (vafotdan keyin) yetishishni istasang, dunyodan senga ulovning ozuqasiday (oz narsa) kifoyadir. Boylar bilan birga oʻtirishdan ehtiyot boʻl. Bir kiyimni yamamaguningcha eski (deb tashlab) qoʻyma›, dedilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Solih ibn Hassonning hadisi orqaligina bilamiz. (Yana) aytdi: Men Muhammad (ibn Ismoil)ning: «Solih ibn Hasson munkar ul-hadisdir, Ibn Abu Ziʼb undan rivoyat qiladigan Solih ibn Abu Hasson esa ishonchli (kishi)dir», deganini eshitdim. Abu Iso aytdi: U zotning «Boylar bilan birga oʻtirishdan ehtiyot boʻl» degan soʻzlarining maʼnosi Abu Hurayradan Nabiy ﷺdan rivoyat qilingan hadisga oʻxshashdir. Unda u zot: «Kim yaratilish va rizqda oʻzidan ustun qilingan kishini koʻrsa, oʻzi ustun qilingan, undan past (turadigan) kishiga nazar solsin. Zero, bu Allohning unga (bergan) neʼmatini xor sanamasligiga loyiqroqdir», dedilar. Avn ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinadi: U: «Men boylar bilan hamsuhbat boʻldim, lekin oʻzimdan koʻra gʻamgini koʻproq biror kimsani koʻrmadim — ulovni oʻz ulovimdan yaxshiroq, kiyimni oʻz kiyimimdan yaxshiroq koʻrardim. Kambagʻallar bilan hamsuhbat boʻldim va xotirjam boʻldim», dedi.