عَن أبي أُمَامَة إِياس بن ثعلبةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا تَسْمَعُونَ؟ أَلَا تَسْمَعُونَ أَنَّ الْبَذَاذَةَ مِنَ الْإِيمَانِ أَنَّ الْبَذَاذَةَ مِنَ الْإِيمَانِ؟» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Umoma Ilyos ibn Saʼlaba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Rasululloh ﷺ ning sahobalari u zotning huzurida dunyoni tilga olishdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Eshitmaysizlarmi, eshitmaysizlarmi?! Albatta sodda kiyinish (eski kiyim kiyish) iymondandir, albatta sodda kiyinish iymondandir», dedilar — bu bilan beozodalikni (kamtarona, zeb-ziynatsiz yurishni) koʻzda tutdilar. Abu Dovud aytadi: U Abu Umoma ibn Saʼlaba al-Ansoriydir.