وَعَنْ بُرَيْدَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِرَجُلٍ عَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ شَبَهٍ: «مَا لِي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ الْأَصْنَامِ؟» فَطَرَحَهُ ثُمَّ جَاءَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: «مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ؟» فَطَرَحَهُ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مِنْ أَيِّ شَيْءٍ أَتَّخِذُهُ؟ قَالَ: «مِنْ وَرِقٍ وَلَا تُتِمَّهُ مِثْقَالا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
al-Hasan ibn Ali va Muhammad ibn Abdulaziz ibn Abu Rizma — maʼnosi bir — Zayd ibn Hubob ularga Abdulloh ibn Muslim as-Sulamiy al-Marvaziy Abu Toybadan, u Abdulloh ibn Buraydadan, u otasidan (roziyallohu anhu) rivoyat qilib xabar berdi: Bir kishi Nabiy ﷺ ning huzurlariga keldi, ustida shabahdan (sariq misdan) yasalgan uzuk bor edi. Bas, u zot unga: «Nega men sendan butlarning hidini topyapman?» dedilar. Shunda u uni (uzukni) tashladi. Soʻngra u temirdan yasalgan uzuk taqib keldi. Bas, u zot: «Nega men sening ustingda doʻzax ahlining bezagini koʻryapman?» dedilar. U buni ham tashladi va: «Ey Rasululloh, qaysi narsadan (uzuk) yasab olay?» dedi. U zot: «Uni kumushdan yasab ol, ammo uni bir misqolga yetkazma», dedilar. Muhammad: «Abdulloh ibn Muslim», demadi; al-Hasan: «as-Sulamiy al-Marvaziy», demadi.