وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَكْرَهُ عَشْرَ خِلَالٍ: الصُّفْرَةَ يَعْنِي الخلوق وتغييرَ الشيب وجر الأزرار وَالتَّخَتُّمَ بِالذَّهَبِ وَالتَّبَرُّجَ بِالزِّينَةِ لِغَيْرِ مَحِلِّهَا وَالضَّرْبَ بِالْكِعَابِ وَالرُّقَى إِلَّا بِالْمُعَوِّذَاتِ وَعَقْدَ التَّمَائِمِ وَعَزْلَ الْمَاءِ لِغَيْرِ مَحِلِّهِ وَفَسَادَ الصَّبِيِّ غَيْرَ مُحَرِّمِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Musaddad, unga al-Muʼtamir rivoyat qildi. U aytdi: Men ar-Rukayn ibn ar-Rabiʼning al-Qosim ibn Hassondan, uning Abdurrahmon ibn Harmaladan rivoyat qilib aytayotganini eshitdim: Ibn Masʼud (roziyallohu anhu) shunday derdi: «Allohning Nabiysi ﷺ oʻnta narsani yomon koʻrar edilar: sariq rangni — yaʼni xaluqni (zaʼfaron boʻyogʻini), oq sochni (oqargan soch-soqolni) oʻzgartirishni, izorni (etakni) sudrab yurishni, oltin uzuk taqishni, ayolning ziynatini noma harom kishilar oldida koshif qilishini (yot kishilarga koʻz-koʻz qilishini), oshiq (suyak) bilan qimor oʻynashni, muavvizatlardan boshqa narsa bilan duo-ruqya qilishni, tumorlar bogʻlashni, suvni (nutfani) oʻrnidan boshqa joyga toʻkishni (azl qilishni) va emizikli ayolga yaqinlik qilib bolasiga ziyon yetkazishni — biroq buni harom deb eʼlon qilmadilar». Abu Dovud aytdi: Ushbu hadisning isnodini Basra ahli yakka oʻzlari rivoyat qildilar, Alloh aʼlam.