وَعَن ابنِ الزبيرِ: أَنَّ مَوْلَاةً لَهُمْ ذَهَبَتْ بِابْنَةِ الزُّبَيْرِ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ وَفِي رِجْلِهَا أَجْرَاسٌ فَقَطَعَهَا عمر وَقَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَعَ كُلِّ جَرَسٍ شَيْطَانٌ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibn Zubayr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, ularning bir choʻrisi Zubayrning qizini Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning huzuriga olib bordi, qizning oyogʻida qoʻngʻiroqlar bor edi. Shunda Umar (roziyallohu anhu) ularni uzib tashladilar, soʻng: «Men Rasululloh ﷺdan: ‹Har bir qoʻngʻiroq bilan birga shayton boʻladi›, deb aytganlarini eshitganman», — dedilar.