وَعَنْ بُنَانَةَ مَوْلَاةِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ حَيَّانَ الْأنْصَارِيّ كانتْ عندَ عائشةَ إِذْ دُخِلَتْ عَلَيْهَا بِجَارِيَةٍ وَعَلَيْهَا جَلَاجِلُ يُصَوِّتْنَ فَقَالَتْ: لَا تُدْخِلُنَّهَا عَلَيَّ إِلَّا أَنْ تُقَطِّعُنَّ جَلَاجِلَهَا سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا تَدْخُلُ الْمَلَائِكَةُ بَيْتًا فِيهِ أَجْرَاس» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdurrahmon ibn Hasson al-Ansoriyning choʻrisi Bunona (rahimahalloh)dan rivoyat qilinadiki, u Oisha (roziyallohu anho)ning huzurida boʻlganida, oldilariga ovoz chiqaradigan qoʻngʻiroqlar taqilgan bir kanizak olib kirildi. Shunda Oisha (roziyallohu anho): «Uning qoʻngʻiroqlarini uzmaguningizcha, uni mening oldimga olib kirmanglar», — dedilar va: «Men Rasululloh ﷺning: ‹Ichida qoʻngʻiroq boʻlgan uyga farishtalar kirmaydilar›, deb aytganlarini eshitganman», — dedilar.