وَعَن مَالك قَالَ: أَنا أكره ن يُلْبَسَ الْغِلْمَانُ شَيْئًا مِنَ الذَّهَبِ لِأَنَّهُ بَلَغَنِي أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نهى عَن التختمِ بالذهبِ فَأَنا أكره لِلرِّجَالِ الْكَبِيرِ مِنْهُمْ وَالصَّغِيرِ. رَوَاهُ فِي الْمُوَطَّأِ
Molik (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U: «Men yosh bolalarga oltindan biror narsa kiydirilishini yoqtirmayman, chunki menga Rasululloh ﷺ oltin uzuk taqishdan qaytarganlari haqida xabar yetgan. Shuning uchun men erkaklar uchun — ularning kattasi ham, kichigi ham — buni yoqtirmayman», dedi. Muvattoda rivoyat qilingan.