وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَعَنَ اللَّهُ الْوَاصِلَةَ وَالْمُسْتَوْصِلَةَ والواشمة والمستوشمة»
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Alloh soch ulaydigan va soch ulatadigan ayolni hamda tatu chizadigan va tatu chizdiradigan ayolni laʼnatladi», dedilar. Nofeʼ: «Tatu (chizish) milkda boʻlardi», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Bu bobda Oisha, Ibn Masʼud, Asmo bint Abu Bakr, Ibn Abbos, Maʼqil ibn Yasor va Muoviyadan ham (rivoyat) bor.