وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: لَعَنَ اللَّهُ الْوَاشِمَاتِ وَالْمُسْتَوْشِمَاتِ وَالْمُتَنَمِّصَاتِ وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللَّهِ فَجَاءَتْهُ امْرَأَةٌ فَقَالَتْ: إِنَّهُ بَلَغَنِي أَنَّكَ لَعَنْتَ كَيْتَ وَكَيْتَ فَقَالَ: مَا لِي لَا أَلْعَنُ مَنْ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَمَنْ هُوَ فِي كِتَابِ اللَّهِ فَقَالَتْ: لَقَدْ قَرَأْتُ مَا بَيْنَ اللَّوْحَيْنِ فَمَا وجدت فِيهِ مَا نقُول قَالَ: لَئِنْ كُنْتِ قَرَأْتِيهِ لَقَدْ وَجَدْتِيهِ أَمَا قَرَأت: (مَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُوا) ؟ قَالَت: بلَى قَالَ: فإِنه قد نهى عَنهُ
(Alqama, Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qildi:) Alloh — tatuirovka (vashm) qiluvchi va qildiruvchi (ayol)larni, (yuz) tukini yuluvchilarni va goʻzallik uchun (tishlarini) siyrab (orasi) ochuvchi — Allohning xilqatini oʻ zgartiruvchi (ayol)larni laʼnatladi. Bu (gap) Banu Asaddan Ummu Yaʼqub deyiladigan bir ayolga yetdi; u kelib: «Menga — sen shunday-shunday (ayollar)ni laʼnatlading deb — yetdi», dedi. U (Abdulloh): «Rasululloh ﷺ laʼnatlagan va Allohning Kitobida (laʼnatlangan) (kishi)ni nega men laʼnatlamay?» dedi. U (ayol): «Men ikki muqova orasini (butun mushafni) oʻqib chiqdim, (lekin) unda sen aytayotgan (narsa)ni topmadim», dedi. U: «Agar uni oʻqigan boʻ lsang, albatta uni topgan boʻ lar eding; ‹...Rasul sizlarga nimani bersa, uni olinglar; nimadan qaytarsa, (undan) toʻ xtanglar› (Hashr surasi, 7) (oyatini) oʻqimaganmisan?» dedi. U: «Ha (oʻqiganman)», dedi. U: «Bas, u (Rasululloh ﷺ) undan (shu ishdan) qaytargan-ku», dedi. U (ayol): «Men sening ahling (xotining) buni qilayotganini koʻ ryapman», dedi. U: «Borib qaragin», dedi. U borib qaradi, (lekin) oʻ z hojatidan (izlagan aybidan) hech narsani koʻ rmadi. U (Abdulloh): «Agar u shunday (qiluvchi) boʻ lganida, men u bilan (birga) yashamas edim», dedi.