وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كُنْتُ أَغْتَسِلُ أَنَا وَرَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنْ إِنَاءٍ وَاحِدٍ وَكَانَ لَهُ شَعْرٌ فَوْقَ الْجُمَّةِ وَدُونَ الوفرة. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: «Men va Rasululloh ﷺ bitta idishdan gʻusl qilardik. U zotning sochlari jumma (yelkaga tushadigan)dan kalta, vafra (quloq yumshogʻidan kalta)dan uzun edi.» Abu Iso aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan sahih gʻaribdir. Oishadan boshqa yoʻllar bilan ham u: «Men va Rasululloh ﷺ bitta idishdan gʻusl qilardik», degani rivoyat qilingan, lekin ularda «U zotning sochlari jumma dan kalta, vafra dan uzun edi» degan bu soʻz zikr qilinmagan. Abdurrahmon ibn Abuz-Zinod ishonchli (siqa)dir; Molik ibn Anas uni ishonchli deb, undan (hadis) yozib olishga buyurardi.