عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " أَتَانِي جِبْرِيلُ عَلَيْهِ السَّلَامُ قَالَ: أَتَيْتُكَ الْبَارِحَةَ فَلَمْ يَمْنَعْنِي أَنْ أَكُونَ دَخَلْتُ إِلَّا أَنَّهُ كَانَ عَلَى الْبَابِ تَمَاثِيلُ وَكَانَ فِي الْبَيْتِ قِرَامُ سِتْرٍ فِيهِ تَمَاثِيلُ وَكَانَ فِي الْبَيْتِ كَلْبٌ فَمُرْ بِرَأْسِ التِّمْثَالِ الَّذِي عَلَى بَابِ الْبَيْتِ فَيُقْطَعْ فَيَصِيرُ كَهَيْئَةِ الشَّجَرَةِ وَمُرْ بِالسِّتْرِ فَلْيُقْطَعْ فَلْيُجْعَلْ وِسَادَتَيْنِ مَنْبُوذَتَيْنِ تُوطَآنِ وَمُرْ بِالْكَلْبِ فَلْيُخْرَجْ ". فَفَعَلَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ shunday dedilar», dedi: «Menga Jabroil alayhissalom kelib menga: ‹Men senikiga kecha kelgan edim, lekin kirishimga eshik ustida suratlar boʻlganidan boshqa narsa toʻsqinlik qilmadi. Uyda esa ichida suratlar boʻlgan naqshli parda bor edi, yana uyda it ham bor edi. Bas, uydagi suratning boshini kesishni buyurgin, shunda u daraxt shakliga kiradi. Pardani ham kesishni buyurgin, undan ikkita yostiq qilinsin-da, oyoq ostiga tashlab qoʻyilsin. Itni ham chiqarishni buyurgin›, dedi». Bas, Rasululloh ﷺ shunday qildilar. Qarasa, it ularning karavotlari tagida boʻlgan Hasan yoki Husaynniki ekan. U zot buni (chiqarishni) buyurdilar, u chiqarildi. Abu Dovud aytdi: Nazad — kiyimlar qoʻyiladigan, karavotga oʻxshash bir narsadir.