وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " يَخْرُجُ عُنُقٌ مِنَ النَّارِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَهَا عَيْنَانِ تُبْصِرَانِ وَأُذُنَانِ تَسْمَعَانِ وَلِسَانٌ يَنْطِقُ يَقُولُ: إِنِّي وُكِّلْتُ بِثَلَاثَةٍ: بِكُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ وَكُلِّ مَنْ دَعَا مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخر وبالمصوِّرين ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qiyomat kuni oʻtdan bir boʻyin chiqadi. Uning koʻradigan ikkita koʻzi, eshitadigan ikkita qulogʻi va gapiradigan tili boʻladi. U: ‹Men uchtasiga vakil qilindim: har bir oʻjar zolimga, Allohga qoʻshib boshqa ilohga ibodat qilgan har bir kishiga va surat chizuvchilarga›, deydi», dedilar. Bu bobda Abu Said (roziyallohu anhu)dan ham (hadis) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan, gʻarib, sahihdir. Baʼzilar buni Aʼmashdan, u Atiyyadan, u Abu Saiddan, u Nabiy ﷺdan shunga oʻxshash qilib rivoyat qilganlar. Yana Ashʼas ibn Savvor Atiyyadan, u Abu Said al-Xudriydan, u Nabiy ﷺdan shunga oʻxshashini rivoyat qilgan.